rasmiy qabullar
Navro‘z ansambli
“Navro‘z” raqs ansambli mamlakatimizda o‘tkazilayotgan davlat miqyosidagi bayramlar, yirik madaniy-ma’rifiy tadbirlar, xalqaro anjumanlar, rasmiy marosimlar va konsert dasturlarida faol ishtirok etib, yurtimizning boy madaniy salohiyatini keng targ‘ib qilishga munosib hissa qo‘shib kelmoqda. Ayniqsa, milliy bayramlar va xorijiy delegatsiyalar ishtirokidagi tadbirlarda ansambl ijrosi o‘zbek xalqining mehmondo‘stligi, samimiyati va san’atga bo‘lgan yuksak ehtiromini ifodalashda muhim ahamiyat kasb etadi. “Navro‘z” raqs ansambli — bu nafaqat mahoratli ijrochilar jamoasi, balki milliyligimiz, go‘zalligimiz va ma’naviy boyligimizni raqs tili orqali ifoda etuvchi o‘ziga xos san’at maktabidir. Jamoaning har bir sahna chiqishi xalqimizning boy madaniy merosiga bo‘lgan hurmatni yanada mustahkamlab, o‘zbek raqs san’atining betakror jozibasini namoyon etadi.
